Bir tegish

Telefonni kartaga tegizasiz, kerakli sahifa o'zi ochiladi: kontaktingiz, Google sharh oynasi yoki kafe menyusi. Ilova yuklash shart emas.

Kartalarni Qo'qonda o'zim tayyorlayman.

Ichida nima bor

Kartaning ichida kichkina chip bor, batareyasiz. Telefon yaqinlashsa, chip unga havolani beradi va sahifa ochiladi. Deyarli hamma telefonda ishlaydi, ilova kerak emas.

M
Muhammadayub
CEO of ENSO, Qo'qon
Kontaktni saqlash
Telegram
Instagram
ENSO sayti
Bizga qanday baho berasiz?
Sharhingiz
Google'da joylash
Menyu
TaomlarIchimliklar
Osh35 000
Lag'mon30 000
Somsa8 000
Ko'k choy5 000

NFC vizitka

Qog'oz vizitkani odam cho'ntakka soladi, keyin yo'qotadi. Bu kartaga telefonini tegizsa, raqamingiz uning kontaktlariga tushadi.

Qog'oz vizitkaENSO
Raqamni qo'lda teradiTelefonni tegizsa, sahifangiz ochiladi
Raqam o'zgarsa, qayta bosasizSahifa yangilanadi, karta o'sha
Faqat raqam sig'adiTelegram, Instagram, portfolio
25$dan boshlanadi, ishlaydigan tugmalar bilan Premium 45$
Vizitka haqida batafsil

Google sharh kartasi

Mamnun mijoz ko'p, Google'da sharh esa kam. Sizni qidirib, sharh joyini topishga erinadi. Karta shu yo'lni bitta tegishga qisqartiradi.

“Xizmatimiz yoqqan bo'lsa, mana shu kartaga telefoningizni tegizing.”Kassir shu bitta gapni aytadi, qolganini karta qiladi.

20$dan boshlanadi, bir marta to'laysiz, oylik to'lov yo'q
Sharh kartasi haqida batafsil

Kafe uchun NFC menyu

Qog'oz menyu yirtiladi, yog' tegadi, narx o'zgarsa qaytadan bosiladi. Bu yerda har stolda karta turadi, mijoz menyuni telefonida ochadi. Narxni esa o'zingiz o'zgartirasiz, mana bunday.

137$10 ta stol uchun
Menyu haqida batafsil

Admin panel

Mijoz telefonida

Osh35 000
Lag'mon30 000
Ko'k choy5 000

Admin paneldagi narxni o'zgartirib ko'ring.

Kimga nima kerak

Kafe, restoran, choyxona

Menyu va sharh kartasi

Salon, barbershop, klinika

Sharh kartasi

Do'kon

Sharh kartasi

Sotuvchi, rieltor, dizayner

Vizitka

Jamoa, kompaniya

Har xodimga o'z vizitkasi

Buyurtma qanday bo'ladi

01

Yozasiz

Telegram'da nima kerakligini aytasiz, logotip va havolalarni tashlaysiz.

02

Dizaynni kelishamiz

Karta va sahifa ko'rinishini yuboraman, tasdiqlaganingizdan keyin tayyorlayman.

03

Tayyorlayman

Kartani bosmaxonada chiqaraman, chipni o'zim yozaman va telefonda sinab ko'raman.

04

Qo'lingizga beraman

Qo'qonda o'zim olib boraman. Boshqa shaharga yuborishni alohida gaplashamiz.

Necha kunda tayyor bo'lishini buyurtma paytida aniq aytaman: karta soni va dizaynga bog'liq.

Kartani bir marta chop etamiz. Raqamingiz yoki Instagram o'zgarsa, sahifani yangilab qo'yaman, karta o'sha-o'sha qoladi.

Ko'p so'rashadi

Qaysi telefonlarda ishlaydi?

Deyarli hammasida. Telefonni kartaga yaqinlashtirsa bo'ldi, ilova yuklash shart emas. Kartada QR kod ham bor, kamera bilan ham ochsa bo'ladi.

Kartani zaryadlash kerakmi?

Yo'q. Chipda batareya yo'q, quvvatni telefonning o'zidan oladi.

Kartaga o'z logotipimni qo'ysa bo'ladimi?

Ha, logotipingiz va ranglaringiz bilan qilamiz. Dizaynni buyurtma paytida birga tanlaymiz.

Yozing, gaplashamiz

Buyurtma ham, savol ham menga keladi, o'zim javob beraman.