ENSO / Google sharh

Google sharh kartasi

Mamnun mijoz ko'p bo'ladi, lekin Google'da sharh kam. Sababi oddiy: sizni qidirib topib, sharh joyini izlashga erinadi. Karta shu yo'lni bitta tegishga qisqartiradi.

KartaDizayn, bosma va sozlash
20$
Akkaunt bilanGoogle Business akkauntini ochib beramiz
30$

Qo'shimcha karta 3$ dan

Jonli namuna: bosing, suringNamunani yangi oynada ochish

Mijozga nima deysiz

Karta o'zi gapirmaydi. Hisob berayotganda bitta gap aytilsa, odam kartani payqaydi. Shu gapni xodimlaringizga bering:

Xizmatimiz yoqqan bo'lsa, mana shu kartaga telefoningizni tegizing, Google'da ikki og'iz yozib keting.
Ofitsiant yoki kassir aytadi. Iltimos qilish shart emas, eslatsa yetadi.

Kartani qayerga qo'yasiz

Kassa yonidaEng yaxshi joy. Mijoz to'lov qilyapti, telefon allaqachon qo'lida.
Stol ustidaTaom yoki xizmatni kutayotganda vaqti bor, telefonga qarab o'tiradi.
Eshik oldidaKetayotganda ko'zi tushadi. Kassa yonidagidan keyin ikkinchi joy.

Kimga mos

Mijoz kelib-ketadigan, Google xaritada qidiriladigan har qanday joyga.

Kafe va kofeynaSalon, barbershopKlinika, stomatologiyaDo'konAvtoservisMehmonxona

Sharh kartasi haqida savollar

Google'da biznesim hali yo'q

Shuning uchun 30$ lik variant bor: Google Business akkauntini ochib, xaritaga qo'yib beramiz, keyin kartani unga ulaymiz.

Faqat yaxshi sharhlar keladimi?

Yo'q, karta hammani bir xil Google oynasiga olib boradi. Yomon sharhni yashirish Google qoidasiga zid, biz bunday qilmaymiz. Xizmat yaxshi bo'lsa, sharh ham yaxshi bo'ladi.

Sharh ko'paysa menga nima beradi?

Google xaritada sizni topish osonlashadi. Odamlar qayerga borishni baho va sharhga qarab tanlaydi.

Bitta kartani nechta odam ishlata oladi?

Cheklov yo'q. Karta yeyilmaydi, har kuni yuzlab odam tegizsa ham ishlayveradi.

Yozing, gaplashamiz

Buyurtma ham, savol ham menga keladi, o'zim javob beraman.