ENSO / Vizitka

NFC vizitka

Tanishganingizda qog'oz uzatmaysiz. Odam telefonini kartaga tegizadi va sahifangiz ochiladi: ismingiz, raqamingiz, Telegram va Instagram. Premium'da hammasi bir bosishda ishlaydi.

StandartMa'lumot sahifasi: ism, raqam, havolalar
25$
PremiumIshlaydigan tugmalar: kontaktni saqlash, qo'ng'iroq, QR
45$

Qo'shimcha karta 3$ dan

Bu namuna emas, mening haqiqiy vizitkamYangi oynada ochish

Standart yoki Premium

Farqi oddiy: Standart'da ma'lumot yozilgan turadi, Premium'da hammasi bir bosishda ishlaydi.

Standart

25$

Ma'lumot sahifasi

  • Ism, lavozim, rasm
  • Telefon, Telegram, Instagram yozilgan
  • O'zingiz haqingizda 2-3 gap
  • Tayyor shablon, ranglarni tanlaysiz
Standart'ni ochib ko'rish

Premium

45$

Ishlaydigan tugmalar bilan mini-sayt

  • Kontaktni saqlash: bir bosishda telefonga tushadi
  • Qo'ng'iroq, Telegram, Instagram bir bosishda ochiladi
  • QR kodni ko'rsatish va havolani ulashish
  • Individual dizayn, bo'limlar, animatsiya
Premium'ni ochib ko'rish

Ikkalasida ham: karta ismingiz va logotipingiz bilan, ma'lumot o'zgarsa yangilab beraman, qo'shimcha karta 3$.

Kartada nima, sahifada nima

Kartada faqat ismingiz va logotip turadi, chiroyli va toza. Hamma ma'lumot sahifada, uni istalgan payt o'zgartirsa bo'ladi.

Ism, lavozim, rasmeng tepada
Telefon, Telegram, Instagramnechta kerak bo'lsa
Sayt, portfolio, manzilbo'lsa
O'zingiz haqingizda2-3 gap

Kimga mos

Sotuvchi va menejer

Kun bo'yi yangi odam bilan tanishadi. Har biriga qog'oz berib o'tirmaydi.

Rieltor

Mijoz uyni ko'rib ketadi, keyin raqamni qidirib topa olmaydi. Bunda raqam telefonida qoladi.

Dizayner, fotograf

Portfolio shu sahifada. Ishni og'zaki tushuntirish shart emas.

Usta, shifokor

Bir marta kelgan mijoz keyingi safar sizga to'g'ri yozadi.

Vizitka haqida savollar

Raqamim o'zgarsa, karta yaroqsiz bo'ladimi?

Yo'q. Kartada sahifaga havola turadi, ma'lumot sahifada. Yangi raqamni yozasiz, sahifani yangilayman, karta o'sha-o'sha ishlayveradi.

Kartani yo'qotib qo'ysam-chi?

Yangisini 3$ ga qilib beraman, sahifa o'sha qoladi. Hech narsani qaytadan to'ldirmaysiz.

Jamoamizga bir nechta karta kerak

Har xodimga o'z sahifasi va kartasi bo'ladi. Nechta kishi ekanini yozing, narxini hisoblab aytaman.

Karta odamning telefonida nima qiladi?

Faqat sahifangizni brauzerda ochadi. Ilova o'rnatmaydi, hech narsaga ruxsat so'ramaydi.

Yozing, gaplashamiz

Buyurtma ham, savol ham menga keladi, o'zim javob beraman.