ENSO / Menyu

Kafe uchun NFC menyu

Qog'oz menyu yirtiladi, yog' tegadi, narx o'zgarsa qaytadan bosiladi. Bu yerda har stolda karta turadi, mijoz menyuni telefonida ochadi, narxni esa o'zingiz admin paneldan to'g'rilaysiz.

10 ta stolKartalar, menyu sahifasi va admin panel
137$

Stol 10 tadan ko'p yoki kam bo'lsa, yozing, gaplashamiz.

Jonli namuna: bosing, suringNamunani yangi oynada ochish

Narx o'zgarsa, nima qilasiz

Admin paneldan raqamni almashtirasiz, mijozlar telefonida o'sha zahoti yangisi chiqadi. Sinab ko'ring: admin paneldagi narxni o'zgartiring.

Admin panel

Mijoz telefonida

Osh35 000
Lag'mon30 000
Ko'k choy5 000

Bu namuna. Haqiqiy admin panelga kirish buyurtmadan keyin beriladi.

Ichida nima bor

01

Har stolga karta

QR kod ham bor, kamera bilan ham ochiladi.

02

Menyu sahifasi

Rasmlar, bo'limlar, o'zbek va rus tilida.

03

Admin panel

Narx va taomni o'zingiz o'zgartirasiz, telefondan ham.

04

Birinchi to'ldirish

Hozirgi menyungiz rasmini tashlaysiz, sahifaga o'zim kiritaman.

Menyu haqida savollar

Temir stolga yopishtirsa bo'ladimi?

Oddiy karta temir ustida ishlamaydi. Bunday stol uchun maxsus anti-metal stiker qo'yamiz, buyurtmada stolingiz nimadan ekanini ayting.

Menyuni kim to'ldiradi?

Birinchi marta men to'ldiraman: hozirgi menyungiz rasmini yoki ro'yxatini tashlaysiz. Keyin o'zgarishlarni admin paneldan o'zingiz qilasiz.

Mijoz telefoni kartani o'qimasa-chi?

Kartada QR kod ham bor. Kamera bilan skanerlaydi va xuddi shu menyu ochiladi.

Keyin stol qo'shsam-chi?

Yozing, narxini o'zim aytaman. Menyu sahifasi o'sha qoladi, faqat karta qo'shiladi.

Yozing, gaplashamiz

Buyurtma ham, savol ham menga keladi, o'zim javob beraman.