ENSO / Google sharh
Google sharh kartasi
Mamnun mijoz ko'p bo'ladi, lekin Google'da sharh kam. Sababi oddiy: sizni qidirib topib, sharh joyini izlashga erinadi. Karta shu yo'lni bitta tegishga qisqartiradi.
Qo'shimcha karta 3$ dan
Jonli namuna: bosing, suringNamunani yangi oynada ochish
Mijozga nima deysiz
Karta o'zi gapirmaydi. Hisob berayotganda bitta gap aytilsa, odam kartani payqaydi. Shu gapni xodimlaringizga bering:
Xizmatimiz yoqqan bo'lsa, mana shu kartaga telefoningizni tegizing, Google'da ikki og'iz yozib keting.
Kartani qayerga qo'yasiz
Kimga mos
Mijoz kelib-ketadigan, Google xaritada qidiriladigan har qanday joyga.
Sharh kartasi haqida savollar
Google'da biznesim hali yo'q
Shuning uchun 30$ lik variant bor: Google Business akkauntini ochib, xaritaga qo'yib beramiz, keyin kartani unga ulaymiz.
Faqat yaxshi sharhlar keladimi?
Yo'q, karta hammani bir xil Google oynasiga olib boradi. Yomon sharhni yashirish Google qoidasiga zid, biz bunday qilmaymiz. Xizmat yaxshi bo'lsa, sharh ham yaxshi bo'ladi.
Sharh ko'paysa menga nima beradi?
Google xaritada sizni topish osonlashadi. Odamlar qayerga borishni baho va sharhga qarab tanlaydi.
Bitta kartani nechta odam ishlata oladi?
Cheklov yo'q. Karta yeyilmaydi, har kuni yuzlab odam tegizsa ham ishlayveradi.
Yozing, gaplashamiz
Buyurtma ham, savol ham menga keladi, o'zim javob beraman.